Bosh sahifa

Bir tomchidan
dengiz boshlanadi

WordDrop — O'zbekistonda mustaqil qurilgan ingliz tili ilovasi. Maqsadimiz oddiy: o'rganishni imtihon yukidan o'yin va kunlik odatga aylantirish.

Nega WordDrop?

Ko'plar uchun ingliz tili zerikarli tayyorgarlikka aylanib qolgan — quruq testlar, yodlash, ko'rinmas natija. Biz boshqa yo'lni tanladik: har kuni bir oz, o'yin kabi, ko'ngil bilan.

So'zlar mystery box'dan tushadi, siz gap tuzasiz, duelda bellashasiz, o'z 3D xonangizni bezaysiz. O'rganish sezilmay, tabiiy o'tadi — xuddi har kuni bir tomchi tomgandek, oxirida esa dengiz bo'ladi.

Nimaga ishonamiz

Reallik

Soxta ekran, soxta raqam, soxta AI yo'q. Haqiqiy sun'iy intellekt va haqiqiy progress.

Har doim bepul

Hamma narsa bepul. Reklama yo'q, yashirin to'lov yo'q.

Zamonaviy

2015 uslub emas — bugungi dizayn, 3D dunyo, silliq his.

O'zbek tilida

Mahalliy o'rganuvchi uchun, tushunarli til bilan.

Kim quryapti

WordDrop Studio

WordDrop — Bexruz Yo'ldoshev boshchiligida, WordDrop Studio (Qashqadaryo, O'zbekiston) tomonidan mustaqil ishlab chiqilmoqda. Katta jamoa yoki investor emas — sifat va ko'ngil bilan qurilgan mahsulot.

Bugun boshlang

Ingliz tilini o'yin kabi o'rganishni sinab ko'ring.

Ilovaga kirish