Yordam va savollar
Eng ko'p so'raladigan savollarga tayyor javoblar. Javobingizni topmasangiz — pastdagi tugma orqali bevosita bizga yozing.
01 WordDrop bepulmi?
Ha, WordDrop mutlaqo bepul. Reklama yo'q, yashirin to'lov yo'q, "premium" versiya majburiy emas — hamma funksiya hamma foydalanuvchi uchun bir xilda ochiq.
Kelajakda ba'zi ixtiyoriy premium funksiyalar (masalan, chuqurroq statistika, cheklovsiz mystery box) qo'shilishi mumkin, lekin asosiy o'rganish tajribasi doim bepul qoladi.
02 Qaysi qurilmada ishlaydi?
Har qanday zamonaviy telefon va kompyuter brauzerida — Chrome, Safari, Firefox, Edge, Brave, Opera. WordDrop — bu sayt, shuning uchun App Store yoki Play Market'dan hech narsa yuklab olish shart emas.
Kirish uchun brauzerda worddrop-app.uz yozib qidiring va "Ilovaga kirish" ni bosing. Xolos.
03 Internetsiz ishlaydimi?
Hozircha internet ulanish kerak — sun'iy intellekt yordamida grammatika tekshiruvi va progressni bulut bilan sinxronlash uchun.
Kelajakda ba'zi darslarni offline rejimda ochish imkoniyati qo'shiladi. Bu ustida ishlab turibmiz.
04 Qaysi tilda ishlaydi?
WordDrop interfeysi o'zbek tilida — mahalliy o'rganuvchilar uchun tushunarli. O'rganish materiali esa ingliz tilida — chunki maqsad shu.
Kelajakda ruscha va qoraqalpoqcha versiyalar qo'shilishi mumkin.
05 Ro'yxatdan o'tishim shartmi?
Yo'q, shart emas. Mehmon rejimda darhol o'ynashni boshlashingiz mumkin — hech qanday ma'lumot so'ralmaydi.
Ammo email yoki Google bilan hisob ochsangiz, quyidagi afzalliklarga ega bo'lasiz:
- Progressingiz bulutda saqlanadi
- Boshqa qurilmada davom etasiz (telefon → kompyuter)
- Liga va duelda qatnashish imkoniyati
- Yo'qotib qo'ymaslik kafolati
06 Google orqali qanday kirish mumkin?
Ilovaga kirganingizda profil ochib, "Kirish" tugmasini bosing. Ochilgan oynada tepada oq "Google bilan kirish" tugmasi turadi.
Google login bilan email yoki parol kiritish shart emas — bir bosishda tayyor. Mehmon rejimda o'ynagan progressingiz avtomatik yangi hisobingizga ko'chiriladi.
07 Parolimni unutib qo'ydim, nima qilay?
Xavotir olmang, bir daqiqada tiklaymiz:
Yangi parol kamida 6 belgidan iborat bo'lishi kerak. Havola 60 daqiqa amal qiladi.
08 Tasdiqlash xati kelmadi, nima qilay?
Ba'zan tasdiqlash xati kechikishi mumkin. Iltimos, quyidagilarni tekshiring:
- Spam / Junk / Reklama papkalarini tekshiring — ko'pincha shu yerga tushadi
- Email manzilni to'g'ri yozganingizni tekshiring
- 5-10 daqiqa kutib turing (ba'zi pochta xizmatlari sekin ishlaydi)
- Emailingizni "Kutuvchi" yoki "Ijtimoiy" ilovalar oldida turadigan varaqni tekshiring
Agar 30 daqiqadan keyin ham kelmasa, bizga yozing — qo'lda tekshirib beramiz.
09 Hisobimni qanday o'chiraman?
Sizning ma'lumotingiz — sizning nazoratingizda. Hisobingizni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin:
So'rov 7 kun ichida bajariladi, zaxira nusxalar bilan birga 30 kun ichida barcha ma'lumot to'liq o'chiriladi. Batafsil: Maxfiylik siyosati § 9.
10 WordCoin nima?
WordCoin — bu ilova ichidagi virtual tanga. Har to'g'ri javob bergingizda tanga qo'shiladi. Ular quyidagilar uchun ishlatiladi:
- Mystery box — noma'lum sovg'a ochish
- Charxpalak — omadli aylantirish
- 3D xona jihozlari — mebel va bezaklar sotib olish
- Maxsus mukofotlar — vaqti-vaqti bilan qo'shiladi
Muhim: WordCoin real pul emas — uni sotib bo'lmaydi va real valyutaga aylantirib bo'lmaydi.
11 Duel qanday ishlaydi?
Duel — bu boshqa o'rganuvchi bilan real vaqtda bellashuv. Ikki o'yinchi bir vaqtda savollarga javob berishadi — kim tez va to'g'ri javob bersa, u yutadi.
Duel 4 rejimda mavjud, har biri turli ko'nikmani mustahkamlaydi:
- Qutidan chiqqan so'zlar — mystery box'dan tushgan va xonangiz devoridagi so'zlardan foydalanasiz. Ikki o'yinchining so'z bazasi aralashtirilib beriladi.
- Eshit va yoz — audio orqali eshitgan so'zni to'g'ri yozish. So'z bazangizni faol tekshiradi.
- Grammatika (AI) — sun'iy intellekt 10 xil gapni bloklarga bo'lib pastda aralashtirib qo'yadi, siz to'g'ri tartibda tergani birinchi kim ulguradi — o'sha yutadi.
- Shablonlar duel — o'rgangan shablonlar asosida to'g'ri jumla yozing. Birinchi bo'lib to'g'ri javob yuborgan g'olib bo'ladi (AI tekshiradi).
Har g'alaba XP va WordCoin keltiradi. G'alabalaringiz liga reytingiga qo'shiladi.
Har g'alaba XP va WordCoin keltiradi. G'alabalaringiz liga reytingiga qo'shiladi.
12 3D xona nima uchun kerak?
3D xona — bu sizning shaxsiy virtual makoningiz. O'rganib toplagan tangalar (WordCoin) bilan jihoz va bezaklar sotib olib, xonangizni o'zingizga xos qilib bezaysiz.
Bu shunchaki o'yin element emas — o'rganishga qiziqishni oshiradigan, uzoq muddatli motivatsiya beruvchi vosita. Har kuni ochib qaraydigan sizniki bo'lgan makon.
Do'kondan quyidagilarni topasiz: stol, kreslo, gilamlar, o'simliklar, kitob javonlari, ramkalar, chiroqlar va maxsus mavsumiy jihozlar.
13 Ma'lumotim xavfsizmi?
Ha. Sizning ma'lumotingiz sanoat standartida himoyalangan:
- HTTPS shifrlash — barcha uzatma xavfsiz
- Bcrypt hashing — parolingizni hatto biz ham ko'ra olmaymiz
- Row-Level Security — har kim faqat o'z ma'lumotini ko'ra oladi
- Cloudflare DDoS himoyasi — hujumlarga qarshi
Va eng muhimi: biz ma'lumotlaringizni hech kimga sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz. Batafsil: Maxfiylik siyosati.
14 Bolalar foydalansa bo'ladimi?
WordDrop 13 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. 13 yoshdan kichik bolalar ilovadan foydalanmoqchi bo'lsa, buni faqat ota-ona yoki vasiy nazorati ostida qilishlari kerak.
Yevropa Ittifoqi foydalanuvchilari uchun bu chegara 16 yoshga oshadi (GDPR-K talabiga muvofiq).
Batafsil: Maxfiylik siyosati § 10.
Javob topmadingizmi?
Bevosita bizga yozing — 3 ish kuni ichida javob beramiz. Xatolik yoki taklif haqida ham xabar bering.